Restoranlar uchun AI avtomatlashtirish
Restoranlar Uchun AI — Stol Bron va Buyurtmalar
Restoran administratori har kuni o'nlab bir xil savolga javob beradi: "Stol bormi?", "Menyu qanday?", "Delivery qancha vaqt?". AI bot bu yukni o'z zimmasiga oladi — 24/7 ishlaydi, stol bronlaydi, buyurtmalarni qabul qiladi va menyu savollariga javob beradi. Siz esa mehmonlarga yaxshiroq xizmat ko'rsatishga e'tibor qaratinasiz.
Restoran AI boti qanday ishlaydi
Mijoz Telegram da yoki Instagram da yozadi — bot "Xush kelibsiz!" deb salomlaydi va nimaga muhtojligini so'raydi. Stol bron qilmoqchi bo'lsa, sana, vaqt va mehmonlar sonini so'rab, bo'sh variantlarni ko'rsatadi. Menyudan savollar bo'lsa — asosiy taomlar, narxlar, tarkib haqida javob beradi. Delivery buyurtmasi bo'lsa — manzil, vaqt va to'lovni so'rab, oshpazlarga yuboradi.
Barcha bronlar va buyurtmalar bir joyda — administrator ularni ko'rib, tasdiqlaydi yoki o'zgartiradi. Toshkent va O'zbekistondagi restoranlar uchun o'zbek va rus tilida ishlaydi.
Restoran AI botidan keyingi natijalar
- •24/7 stol bronlash — kechasi yoki dam olish kunlarida ham bronlar yo'qolmaydi.
- •Menyu savollari va narxlarga avtomatik javob — administrator band bo'lmaydi.
- •Delivery buyurtmalarni qabul qilish va oshpazlarga avtomatik uzatish.
- •Bronlar soni oshadi — tezkor javob mijozni ushlab qoladi.
- •Administrator faqat murakkab holatlar va shaxsiy xizmat uchun band bo'ladi.
Narx va muddatlar
Boshlang'ich paket — stol bron va FAQ: $349. To'liq paket — bron, delivery, menyu, CRM integratsiya: $2 750 dan. Asosiy ssenariy 5–7 ish kunida ishga tushadi. Bepul auditda aniq narx va muddatni aniqlaymiz.
Ko'p so'raladigan savollar
Restoran AI boti nima qila oladi?+
Bot stol bron qilish so'rovlarini qabul qiladi, bo'sh vaqtlarni ko'rsatadi, menyu haqida savollarga javob beradi, delivery buyurtmalarini qabul qiladi va tasdiqlaydi. Administrator yuki sezilarli kamayadi.
Bot bronni qanday boshqaradi?+
Mijoz Telegram da yoki veb-saytda yozadi — bot sanani, vaqtni, mehmonlar sonini so'raydi va bo'sh stollarni tekshiradi. Bron tasdiqlanganda mijozga va adminstratorga avtomatik xabar ketadi.
Delivery buyurtmalar ham qabul qilinishi mumkinmi?+
Ha. Bot menyudan tanlash, manzil va yetkazish vaqtini so'rash, to'lov tanlashni qo'llab-quvvatlaydi. Buyurtma oshpazlar yoki delivery xizmatiga avtomatik yuboriladi.
Restoran uchun bot qancha turadi?+
Boshlang'ich paket (bron + FAQ) $349 dan. To'liq paket (bron + delivery + menyu + CRM) $2 750 dan. Aniq narx biznesingizni ko'rgandan keyin belgilanadi — bepul auditga yozing.
Bepul audit olish
Restoraningiz haqida gapirib bering — biz stol bron va buyurtma avtomatlashtirishni sozlaymiz.
Loyihani muhokama qilish