Toshkentda Bitrix24, amoCRM, 1C integratsiya
CRM Integratsiya Toshkentda
Menejerlar Telegram botidan kelgan arizalarni qo'lda CRM ga kiritadi. Bu vaqt yo'qotish va xato manbai. aisolution AI chatbot va CRM ni ulab, har bir ariza avtomatik lid sifatida Bitrix24, amoCRM yoki 1C ga tushishini ta'minlaydi — kontekst bilan, qo'lda kiritishsiz.
AI chatbot + CRM qanday ishlaydi
Mijoz Telegram yoki WhatsApp da yozadi. AI bot salomlaydi, ehtiyojini va kontaktini aniqlab, dialogni olib boradi. Suhbat yakunida — yoki issiq lid aniqlanganida — bot CRM ga avtomatik murojaat yuboradi: ismi, telefoni, suhbat qisqasi va lid statusini. Menejer CRM da tayyor lidni ko'radi, davom ettiradi.
Bir nechta kanal (Telegram + WhatsApp + Instagram) bo'lsa — barchasi bitta CRM ga tushadi. Dublikatlar tekshiriladi. Menejer qaerdan kelganini va nima so'raganini bilib, suhbatni davom ettiradi.
CRM integratsiyadan so'ng nima o'zgaradi
- •Har bir ariza CRM ga avtomatik tushadi — qo'lda kiritish yo'q.
- •Menejer lidning kontektini ko'radi — nima so'ragan, qayerdan kelgan, qanday status.
- •Voronka shaffof: har bir ariza qaysi bosqichda ekanini ko'rish mumkin.
- •Arizalar yo'qolmaydi — hatto menejer dam olsa ham CRM da saqlanadi.
- •Hisobotlar avtomatik: haftalik/oylik lid oqimi, konversiya, manbalar.
Qaysi CRM tizimlar bilan ishlaymiz
Bitrix24 (cloud va box), amoCRM, 1C (8.3 va boshqa versiyalar), HubSpot, Notion, Google Sheets, Airtable va boshqa API orqali ulash mumkin bo'lgan tizimlar. Siz ishlayotgan CRM ni ayting — mosligini tekshirib, integratsiya taklif etamiz.
Ko'p so'raladigan savollar
CRM integratsiya AI chatbot bilan qanday ishlaydi?+
AI chatbot Telegram yoki WhatsApp da mijoz bilan suhbatlashadi, ehtiyojini aniqlab, lid yaratadi. Bu lid avtomatik ravishda CRM ga (Bitrix24/amoCRM) tushadi — ismi, telefoni, suhbat qisqasi va statusik bilan. Menejer faqat CRM da ishlaydi, bot bilan emas.
Qaysi CRM tizimlar bilan integratsiya qilinadi?+
Bitrix24, amoCRM, 1C, HubSpot, Notion, Google Sheets va boshqa REST API qo'llab-quvvatlaydigan tizimlar bilan ishlaydi. Aniq CRM ingiz bo'lsa — auditda mosligini tekshiramiz.
CRM da mavjud ma'lumotlar saqlanib qoladimi?+
Ha. Integratsiya faqat yangi lidlarni qo'shadi — mavjud ma'lumotlarga tegmaydi. Duplikatlarni oldini olish uchun telefon/email bo'yicha tekshirish sozlanadi.
CRM integratsiya qancha vaqtda amalga oshiriladi?+
Standart Bitrix24 yoki amoCRM integratsiya 5–7 ish kunida yakunlanadi. 1C yoki maxsus tizimlar bilan integratsiya 2–3 hafta olishi mumkin. Bepul auditda aniq muddat belgilanadi.
Bepul audit olish
CRM ingiz va ariza oqimini ko'rib chiqamiz — integratsiya ssenarisini va narxni aytamiz.
Loyihani muhokama qilish